Preparatni qo'llash bo'yicha yo’riqnoma: Minofer
Preparatning savdo nomi: Minofer
Chiqarish shakli:
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 200 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Preparat tarkibi:
Faol moddalar: Vitaminlar (A, В1, В2, В4, В5, В6, В9, В12, С, К, Е, Н, РР)
Makro elementlar: Kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor;
Mikro elementlar: Temir, marganets, mis, selen, sink;
Tab’iy ekstraktlar: Qichitqi o’ti, Na’matak, Mayiz.
Kimyoviy unsurlar: Temir sulfat va Foliy kislotasi.
Biologik faol birikmalar: aminakislotalar, oqsillar, yog’lar, niotsinlar,flavonoidlar, katexinlar, organic kislotalar.
Preparatning ta’siri:
– Preparatni qabul qilish davrida, anemiyaning klinik va laboratoriya alomatlarini ijobiy tomonga o’zgartiradi;
– Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi;
– Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi;
– Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi;
– Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi;
Farmokologik xususiyatlari:
Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog’liq parametrlarni meyorlashtiradi, temir miqdorini o’sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglabin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni meyorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.
Foydalanish uchun ko’rsatmalar
– Anemiya (og‘irlik darajasi turli bo‘lgan temir tanqisligi);
– Vitamin B12 tanqisligi anemiyasi;
– Homiladorlik va laktatsiya davri (homiladorlik va ko‘krak bilan boqish davridagi temir tanqisligi profilaktikasi);
– Jismoniy va aqliy rivojlanishning susayishi, jadal o‘sishning susayishi;
– Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, jadal jismoniy mashq;
– Kam ovqat yeyish, noto‘g‘ri balansli ratsion;
– Tez-tez O‘RVI va O‘RK (kompleks terapiya tarkibida);
– Donorlik;
– Turli jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar;
– Surunkali qon ketishlar;
– O‘spirin bolalarda va kattalarda (masalan, vegetarian va keksa yoshlilar);
– Oziq-ovqat bilan organizmga kerakli miqdordagi temir moddasini yetkazib berishning iloji bo‘lmagan bemorlar guruhida, temir tanqisligi anemiyasini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.
Qo’llash usuli va miqdori
Yakka tarzda belgilinadi:
Preparat ovqatdan 5-10 minut keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar: 2.5 ml. dan kuniga 2 mahal
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: 5 ml. dan kuniga 2 mahal
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 10 ml.dan kuniga 2 mahal
Davolash kursi
Davolanish davomiyligi 30 kundan iborat. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan alohida belgilanadi va kasallikning xarakteri va og'irligiga va birgalikda davolanishga bog'liq.
Nojo’ya ta’siri va qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.
Maxsus ko’rsatmalar: Preparatni qabul qilishdan oldin chayqating. Preparatni qabul qilish vaqtida issiq joyda saqlamang va muzlashdan saqlang.
Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati: Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C gacha haroratda saqlanishi lozim.
Dorixonalarda berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 24 oy.
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ. O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Sanoat ko’cha 239 uy.