ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
ferrofil
Kamqonlikka qarshi

ferrofil

Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog‘liq parametrlarni me’yorlashtiradi, temir miqdorini o‘sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglobin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni me’yorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Preparatning savdo nomi: Ferrofil
Dozalash shakli: Sirop, kapsula, tabletka shaklida
Chiqarish shakli
Tabiiy o‘simliklar va ekstraktlar birlashmasidan tayyorlangan quyuq jigarrang tusdagi sirop. 200 ml lik flakonlarda ishlab chiqariladi. O‘ziga xos xarakterli hidga ega.

PREPARAT TARKIBI:
Faol moddalar: Vitaminlar (A, B1, B2, B4, B5, B6, B9, B12, C, K, E, H, PP)
Makro elementlar: Kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor;
Mikro elementlar: Temir, marganets, mis, selen, sink;
Tabiiy ekstraktlar: Qichitqi o‘ti, Na’matak, Mayiz.
Kimyoviy unsurlar: Temir sulfat va Foliy kislotasi.
Biologik faol birikmalar: aminokislotalar, oqsillar, yog‘lar, niatsin, flavonoidlar, katexinlar, organik kislotalar.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog‘liq parametrlarni me’yorlashtiradi, temir miqdorini o‘sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglobin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni me’yorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Foydalanish uchun ko‘rsatmalar
• Kamqonlikda;
• Organizmning viruslarga chidamliligi kamayganda;
• Organizmning jadal o‘sishi yoki kasalliklardan keyin tiklanish davrida;
• Uzoq muddatli antibiotik bilan davolanishdan so‘ng;
• Aqliy va jismoniy zo‘riqishda;
• Oziq-ovqatlarda temir yetishmasligida.

Qo‘llash usuli va miqdori
Preparat ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib qabul qilinishi mumkin. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 2 mahal 1,5-2,5 ml. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 2 mahal 5-10 ml dan. Homilador va emizikli ayollar kuniga 2 mahal 5 ml dan. Kattalar kuniga 2 mahal 10-15 ml dan.

Davolash kursi
Davolashning davomiyligi 30 kun. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan alohida belgilanadi va kasallikning xarakteri va og‘irligiga va birgalikda davolanishga bog‘liq.

Nojo‘ya ta’siri
Nojo‘ya ta’sir yuzaga kelsa, siropni iste’mol qilishni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sirop komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dozani oshirib yuborish haqida xabarlar yo‘q.
Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri
Boshqa dorilar bilan klinik jihatdan ahamiyatli ta’sirlari ta’riflanmagan.
Saqlash shartlari
Preparat qorong‘u, quruq joyda, 5°C dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak.
Dorixonalarda berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 1 yil.
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ. O‘zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar, Sanoat ko‘cha 239 uy.

Boshqa mahsulotlarimiz

Barchasi
Minofer

Minofer

– Preparatni qabul qilish davrida, anemiyaning klinik va laboratoriya alomatlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi; – Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi; – Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi; – Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi; – Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi;

Batafsil →
Elifer

Elifer

Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog‘liq parametrlarni me’yorlashtiradi, temir miqdorini o‘sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglobin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni me’yorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Batafsil →
Fervit

Fervit

Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi. Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi. Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Batafsil →
Laktolidin kids

Laktolidin kids

Meteorizm va qorin dam bo‘lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og‘riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq kramplar, yuqumli bo‘lmagan dispepsiyasi bilan samarali. Organizmning og‘irligi va oziq-ovqatning og‘riqli hazm qilinishi bilan kurashishga yordam beradi. Sun’iy oziqlantirishga o‘tish davrida ovqat hazm qilish tizimini moslashtirishga ko‘maklashadi. Fenxel ekstrakti - ishtahani yaxshilaydi, meteorizmni, ko‘ngil aynishni, hiqichoqni yo‘q qiladi. Uning qimmatli xususiyati bu toksinlarni yo‘qotishidir. Simetikon - (dimetikon faollashtirilgan) trimetilsiloksil guruhlari tomonidan silikon dioksid bilan stabillashgan metillangan chiziqli siloksan polimerlarning birikmasidir.

Batafsil →
Meteoril kids

Netkashlin baby

Netkashlin baby

"NETKASHLIN BEBI" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi: – traxeitda; – bronxitda; – pnevmoniyada; – bronxoektatik kasalliklarda; – o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda NETKASHLIN BEBI balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).

Batafsil →
Zolfren

Zolfren

Кенг кўламдаги таъсирга эга меъда қуртларига қарши табиий восита. Ошқозон-ичак тракти фаолиятини яхшилайди, ичаклардаги токсинлар ва зарарли моддаларни тозалашга ёрдам беради. Сиропнинг таркибий қисмлари таъсирида паразит қуртлар фалаж ҳолатга тушади. Сироп таркибидаги экстрактлар иштаҳани очади, овқат ҳазм қилиш тизимини яхшилайди. Ундан ташқари қориндаги оғриқларни камайтиради. Ичаклардаги фойдали микрофлораларни шаклланишини фаоллаштиради.

Batafsil →
GlistaNet