ЭЛИФЕР (МИНОФЕР)
preparatni qo'llash bo'yicha yo’riqnoma
Preparatning savdo nomi: ЭЛИФЕР (МИНОФЕР)
Dozalash shakli: Sirop
CHIQARISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi
(biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi
plombali 200 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – karton o‘ramlar, (2) –
me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
PREPARAT TARKIBI:
Faol moddalar: Vitaminlar (A, В1, В2, В4, В5, В6, В9, В12, С, К, Е, Н, РР)
Makro elementlar: Kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor;
Mikro elementlar: Temir, marganets, mis, selen, sink;
Tab’iy ekstraktlar: Qichitqi o’ti, Na’matak, Mayiz.
Kimyoviy unsurlar: Temir sulfat va Foliy kislotasi.
Biologik faol birikmalar: aminakislotalar, oqsillar, yog’lar, niotsinlar,flavonoidlar, katexinlar, organic kislotalar.
PREPARATNING TA’SIRI
– Preparatni qabul qilish davrida, anemiyaning klinik va laboratoriya alomatlarini ijobiy
tomonga o’zgartiradi;
– Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir
tanqisligini qayta tiklaydi;
– Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi;
– Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi;
– Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy
charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi;
FARMOKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog’liq parametrlarni meyorlashtiradi, temir miqdorini
o’sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglabin miqdorini yaxshilashga olib keladi.
Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm
qilishni meyorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.
FOYDALANISH UCHUN KO’RSATMALAR
– Anemiya (og‘irlik darajasi turli bo‘lgan temir tanqisligi);
– Vitamin B12 tanqisligi anemiyasi;
– Homiladorlik va laktatsiya davri (homiladorlik va ko‘krak bilan boqish davridagi temir
tanqisligi profilaktikasi);
– Jismoniy va aqliy rivojlanishning susayishi, jadal o‘sishning susayishi;
– Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, jadal jismoniy mashq;
– Kam ovqat yeyish, noto‘g‘ri balansli ratsion;
– Tez-tez O‘RVI va O‘RK (kompleks terapiya tarkibida);
– Donorlik;
– Turli jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar;
– Surunkali qon ketishlar;
– O‘spirin bolalarda va kattalarda (masalan, vegetarian va keksa yoshlilar);
– Oziq-ovqat bilan organizmga kerakli miqdordagi temir moddasini yetkazib berishning iloji bo‘lmagan bemorlar guruhida, temir tanqisligi anemiyasini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.
Qo’llash usuli va miqdori
Yakka tarzda belgilinadi
Preparat ovqatdan 5-10 minut keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Oz miqdorda suyuqlik
bilan aralashtirib qabul qilinishi mumkin.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar 2.5 ml.dan kuniga 2 mahal
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 5 ml.dan kuniga 2 mahal
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar 10 ml.dan kuniga 2 mahal
DAVOLASH KURSI
Davolanish davomiyligi 30 kundan iborat. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan
alohida belgilanadi va kasallikning xarakteri va og'irligiga va birgalikda davolanishga
bog'liq.
NOJO’YA TA’SIRI VA QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda,
allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud. Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka
tarzdagi chidamsizlik.
MAXSUS KO’RSATMALAR
Preparatni qabul qilishdan oldin chayqating. Preparatni qabul qilish vaqtida qahva, sut,
sabzavotlar temirning so’rilishini kamaytirishni hisobga olish kerak. Issiq joyda
saqlamang va muzlashdan saqlang. Davolash paytida gazlangan ichimliklar ichish
tavsiya etilmaydi.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S
gacha haroratda saqlanishi lozim.
Dorixonalarda berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: Saqlash muddati 24 oy.
Mahsulot sertifikatlangan
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ
O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar,Sanoat ko’cha 239 uy.