Minor Art Industry pharmaceutical kompaniyasi 2019 yilda tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston davlatining farmasevtika bozoridagi jadal ravishda rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Minor Art Industry pharmaceutical biologik faol qo’shimchalar (BFQ) ishlab chiqarishda mahalliy farmatsevtika va nutritsevtika bozorining yetakchilaridan biri hisoblanib, iste’molchilarning sog’lig’i va talablariga javob beradigan zamonaviy, sifatli va arzon ozuqaviy qo’shimchalarni yetkazib berishda faol hizmat ko’rsatib kelmoqda. ISO 22000 va ISO 9001 (International Organization for Standardization – Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti) standartlari esa Kompaniya uchun keng qamrovda yuqori sifatli biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Kompaniya mukammal texnologik yechimlarni hal qilishda ushbu sohaning xalqaro «innovatorlari» bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda, ularning sohaga oid zamonaviy texnologiyalarini O’zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida o’zining ishlab chiqarish liniyasiga joriy qilib kelmoqda.
Kompaniyaning ishlab chiqarish muassasalari Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan bo’lib, 2023 yilda ushbu maskanlarda mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmayotgan hamda O’zbekiston hududida xorijiy kompaniyalarning patentlari bilan himoyalanmagan eng muhim ozuqaviy nutritsevtik darmonlar, jumladan, zarur ozuqaviy qo’shimchalarni keng qamrovda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Minor Art Industry pharmaceutical sifatli hamda samarali davolashni ta’minlovchi zamonaviy biologik faol qo’shimchalarning keng turini taklif etadi. Bugungi kunda Minor Art Industry pharmaceuticalning mahsulot portfeli 40ga yaqin bio-qo’shimchalardan iborat bo’lib, mahsulotlar O’zbekistonning barcha hududlarida taqdim etilgan.
BIZNING VAZIFAMIZ – insonlarni yanada sog’lomroq yashashlari uchun innovatsion bio-faol mahsulotlarini taklif qilish hamda halollik, innovatsiya, mas’uliyat, tezlik, jamoaviy mehnat va maqsad orqali mahsulotlarimizni foydali va bezarar qilishdir.
