Loren-M | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art
Loren-M | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art
Loren-M | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art
Loren-M | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art
Loren-M | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art

Loren-M

"LOREN-M" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi:
– traxeitda;
– bronxitda;
– pnevmoniyada;
– bronxoektatik kasalliklarda;
– o‘pka emfizemasida.

Preparatni qo'llash bo'yicha yo’riqnoma: LOREN-M
Dozalash shakli: Sirop
Chiqarish shakli: Tabiiy o‘simliklar estraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuq qiyom bo‘lib, 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – karton o‘ramlar,(2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Preparat tarkibi:
Vitaminlar: (C, B1, B2, B3, B5, B6, B9-foli kislotasi va E). Provitamin A,
Makro va mikroelementlar: Kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy, sink, mis.
Tab’iy ekstraktlar: Gulhayri ildizi ekstrakti; Tog’ rayhoni o’ti ekstrakti; Devpechak o’ti ekstrakti; qizil miya ekstrakti.
Farmokologik ta’siri:
"LOREN-M" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi:
– traxeitda;
– bronxitda;
– pnevmoniyada;
– bronxoektatik kasalliklarda;
– o‘pka emfizemasida.
Gulhayri ildizi - yallig'lanishga qarshi samarali ta'siri bilan bir qatorda balg’am ko’chirish hususiyatiga ega.
Tog’ rayhon o’ti – bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi, balg'amni bo'shatishni tezlashtiradi. kansel (timol) tonzillit, surunkali tonzillit, stomatit va yuqori nafas yo'llari bilan bog'liq boshqa muammolar uchun qo’llaniladi.
Devpechak o’ti - nafas yo'llari uchun ajoyib vosita.
Qizil miya ekstrakti – quruq va ho’l yo’talda samarali foyda beradi. Balg’am ko’chishini osonlshtiradi
Foydalanish uchun ko'rsatmalar:
Bronxlardagi yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan balg’am, nafas yo’llarining o’tkir surunkali kasalliklarini, balg'am ko’chirish bilan yo'tal bilan bog’liq kasalliklarni(traxeit, trakeobronxit, bronxit).larni davolashda qo’llaniladi.
Qo’llash usuli va miqdori: Preparat peroral shaklda (og‘iz orqali) qo‘llaniladi. Davolanish muddati davolovchi shifokor tomonidan xar bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
6 OYDAN 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR: 2.5-3 ml. (1/2choy qoshiq) dna kuniga 3 mahal
3 - 6 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR: 2,5 ml-5 ml (1choy qoshiq) dan kuniga 4 mahal
6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR: 5,0 ml (1choy qoshiq) dna kuniga 4 mahal
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR: 10,0 ml (2choy qoshiq) dan kuniga 3-4 mahal
Davolash kusi: Davolashning davomiyligi 7 kundan 10 kungacha.
Nojo’ya ta'siri Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish: Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha hech qanday izlanishlar olib borilmagan. Shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko'rsatmalar: Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

Saqlash shartlari: Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C haroratda saqlanishi lozim.
Dorixonalarni berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi: "GENETICS MICRO PHARM" MChJ. O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar, Sanoat ko’cha 239 uy.

Boshqa Mahsulotlarimiz

bibikon

Fervit

Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi. Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi. Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Batafsil
bibikon

ferrofil

Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog’liq parametrlarni meyorlashtiradi, temir miqdorini o’sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglabin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni meyorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Batafsil
bibikon

Netkashlin

"NETKASHLIN" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi: – traxeitda; – bronxitda; – pnevmoniyada; – bronxoektatik kasalliklarda; – o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda "NETKASHLIN" balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).

Batafsil
bibikon

Elifer

Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog’liq parametrlarni meyorlashtiradi, temir miqdorini o’sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglabin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni meyorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Batafsil