Livart | minor art industry pharmaceutical | minorart | minor art

Livart

O'simlik tarkibiy qismlarining aralashmasi yallig'lanishga qarshi, gepatoprotektiv, zararli va lipotrop ta'sirga ega. O't pufagi va o’t pufagi yo’llari shakllanishini
kuchaytiruvchi, jigar faoliyatini yaxshilovchi preparat. Oshqozon-ichak trakti faoliyatlarini' yaxshilaydi, ichakdagi toksinlar va zararli moddalarni tozalashga yordam beradi. Ichaklardagi foydali mikroflorlarning shakllanishini faollashtiradi.

Preparatni qo'llash bo'yicha yo’riqnoma
LIVART

Preparatning savdo nomi: LIVART
Dozalash shakli: Sirop
Chiqarish Shakli - Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, 200 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

PREPARAT TARKIBI:
Faol moddalar: glikozidlar, flavanoidlar, katexinlar, efir moyi, vitaminlar (C, K, E, A, H), organik kislota;
Makro elementlar: Kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor;
Mikro elementlar: Temir, marganets, mis, selen, sink;
Tab’iiy ekstraktlar: Na’matak ekstrakti, Qichitqi o’ti, Sarimsoq kukuni, Makkajo'xori ipakchasi.

FARMOKOLOGIK XUSUSIYАTLАRI
O'simlik tarkibiy qismlarining aralashmasi yallig'lanishga qarshi, gepatoprotektiv, zararli va lipotrop ta'sirga ega. O't pufagi va o’t pufagi yo’llari shakllanishini
kuchaytiruvchi, jigar faoliyatini yaxshilovchi preparat. Oshqozon-ichak trakti faoliyatlarini' yaxshilaydi, ichakdagi toksinlar va zararli moddalarni tozalashga yordam beradi. Ichaklardagi foydali mikroflorlarning shakllanishini faollashtiradi.

FOYDALANISH UCHUN KO'RSATMALAR
• Gepatit;
• Yog’li gepatoz;
• Infektsiyalarda jigar shikastlanishining oldini olish va birgalikda davolash, uzoq muddat dori vositalarini qabul qilish, kimyoviy zaharlanish va alkogol intoksikatsiyalarda
• Xoletsistit;
• O’t pufagidagi toshlar kasalligi;
• O't pufagining funktsional buzilishlarida;

Qo’llash usuli va miqdori
Preparat ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib qabul qilinishi mumkin.
Bolalar 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan kuniga 2 mahal 5 ml dan
Kattalar va 12 yoshdan yuqori bolalarga kuniga 2 mahal 10 ml dan
Davolash kursi
Davolash kursi 15-20 kun va avvalgisidan 20-30 kun o'tgach takrorlanishi
mumkin. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan alohida belgilanadi va
kasallikning xarakteri va og'irligiga va birgalikda davolanishga bog'liq.
Nojo’ya ta'siri. Nojo’ya ta'sir yuzaga kelsa, siropni iste’mol qilishni to’xtating va shifokorga murojaat qiling.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik bo'lsa. 

Bolalarda foydalanish: Bolalarga siropni shifokor ko’rsatmasiga asosan berish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish: Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha hech qanday izlanishlar olib borilmagan. Shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko'rsatmalar: Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating. Issiq joyda saqlamang va muzlashdan saqlang.
Saqlash shartlari. Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C haroratda saqlanishi lozim.
Dorixonalarda berilish tartibi. Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 24 oy.

Mahsulot sertifikatlangan.
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ. O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar,Sanoat ko’cha 239 uy.

Boshqa Mahsulotlarimiz

bibikon

Fervit

Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi. Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi. Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Batafsil
bibikon

ferrofil

Ushbu tabiiy vosita qon bilan bog’liq parametrlarni meyorlashtiradi, temir miqdorini o’sishiga yordam beradi va bu qondagi gemoglabin miqdorini yaxshilashga olib keladi. Bundan tashqari sirop immunitet tizimini mustahkamlaydi, ishtahani yaxshilaydi, hazm qilishni meyorlashtiradi, aqliy va jismoniy quvvatni oshiradi.

Batafsil
bibikon

Netkashlin

"NETKASHLIN" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi: – traxeitda; – bronxitda; – pnevmoniyada; – bronxoektatik kasalliklarda; – o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda "NETKASHLIN" balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).

Batafsil
bibikon

Elifer