Laktolidin
Laktolidin
Laktolidin
Laktolidin
Laktolidin
Laktolidin
Laktolidin
Oshqozon-ichak

Laktolidin

Preparat ichak yo‘llarining ta’sirini oshiradi, ichakning harakatlanishini rag‘batlantiradi va ichak devorchalari ish faoliyatini yaxshilaydi. Qabziyatni yo‘qotadi va ichak fiziologik ritmini qayta tiklaydi.

TS27846305-002:2019
Preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
LACTOLIDIN
Preparatning savdo nomi: Lactolidin
Dozalash shakli: Sirop
Chiqarish shakli:
Tabiiy o‘simliklar va ekstraktlar birlashmasidan tayyorlangan quyuq jigarrang tusdagi sirop. 200 ml lik flakonlarda ishlab chiqariladi. O‘ziga xos xarakterli hidga ega. Har bir qutida bir flakon sirop, foydalanish uchun ko‘rsatma va o‘lchov qoshiqchasi joylashtirilgan.
Tarkibi 10 ml:
• Laktuloza - 0,045 g
• Simetikon - 0,08 g
Ta’siri: Preparat ichak yo‘llarining ta’sirini oshiradi, ichakning harakatlanishini rag‘batlantiradi va ichak devorchalari ish faoliyatini yaxshilaydi. Qabziyatni yo‘qotadi va ichak fiziologik ritmini qayta tiklaydi.
Laktuloza - prebiotik sifatida foydali bakteriyalarning o‘sishini kuchaytiradi, bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar o‘sishiga yordam beradi va zararli patogen bakteriyalarning o‘sishini oldini oladi.
Simetikon - Ichak gazining pufakchalari sirt tarangligini o‘zgartiradi, ularning paydo bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni yo‘q qilishga yordam beradi. Ushbu jarayon davomida chiqarilgan gazlar ichak devorlari tomonidan so‘riladi yoki peristaltika bilan chiqariladi.
Foydalanish uchun ko‘rsatmalar
• Qabziyat
• Ich yumshatish
• Disbakterioz
• Jigar ensefalopatiyasi
• Meteorizm
• Oshqozon-ichak traktida kuchli gaz hosil bo‘lishi va gaz to‘planishi
Qo‘llash usuli va miqdori
Preparat ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib qabul qilinishi mumkin.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 2 marta 1,5-2,5 ml
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kuniga 5-10 ml dan 2 marta
Kattalar kuniga 2 marta 10-15 ml.
Davolash kursi
Davolashning davomiyligi 4-6 hafta. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan alohida belgilanadi va kasallikning xarakteri va og‘irligiga va davolanishga bog‘liq.
Nojo‘ya ta’siri
Nojo‘ya ta’sir yuzaga kelsa, siropni iste’mol qilishni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Sirop komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Bolalarda foydalanish: Bolalarda siropni shifokor ko‘rsatmasiga asosan berish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish: Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha hech qanday izlanishlar olib borilmagan. Shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Preparat murakkab mexanizmlarni nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Issiq joyda saqlamang va muzlashdan saqlang. Davolash paytida gazlangan ichimliklar tavsiya etilmaydi.
Saqlash shartlari: Preparat qorong‘i, quruq joyda, 5°C dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak.
Dorixonalarda berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ. O‘zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Sanoat ko‘chasi 239-uy

Boshqa mahsulotlarimiz

Barchasi
Laktolidin kids

Laktolidin kids

Meteorizm va qorin dam bo‘lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og‘riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq kramplar, yuqumli bo‘lmagan dispepsiyasi bilan samarali. Organizmning og‘irligi va oziq-ovqatning og‘riqli hazm qilinishi bilan kurashishga yordam beradi. Sun’iy oziqlantirishga o‘tish davrida ovqat hazm qilish tizimini moslashtirishga ko‘maklashadi. Fenxel ekstrakti - ishtahani yaxshilaydi, meteorizmni, ko‘ngil aynishni, hiqichoqni yo‘q qiladi. Uning qimmatli xususiyati bu toksinlarni yo‘qotishidir. Simetikon - (dimetikon faollashtirilgan) trimetilsiloksil guruhlari tomonidan silikon dioksid bilan stabillashgan metillangan chiziqli siloksan polimerlarning birikmasidir.

Batafsil →
Meteoril kids

Meteoril kids

Meteorizm va qorin dam bo‘lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og‘riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq kramplar, yuqumli bo‘lmagan dispepsiyasi bilan samarali. Organizmning og‘irligi va oziq-ovqatning og‘riqli hazm qilinishi bilan kurashishga yordam beradi. Sun’iy oziqlantirishga o‘tish davrida ovqat hazm qilish tizimini moslashtirishga ko‘maklashadi. Fenxel ekstrakti - ishtahani yaxshilaydi, meteorizmni, ko‘ngil aynishni, hiqichoqni yo‘q qiladi. Uning qimmatli xususiyati bu toksinlarni yo‘qotishidir. Simetikon - (dimetikon faollashtirilgan) trimetilsiloksil guruhlari tomonidan silikon dioksid bilan stabillashgan metillangan chiziqli siloksan polimerlarning birikmasidir.

Batafsil →
Zolfren

Zolfren

Кенг кўламдаги таъсирга эга меъда қуртларига қарши табиий восита. Ошқозон-ичак тракти фаолиятини яхшилайди, ичаклардаги токсинлар ва зарарли моддаларни тозалашга ёрдам беради. Сиропнинг таркибий қисмлари таъсирида паразит қуртлар фалаж ҳолатга тушади. Сироп таркибидаги экстрактлар иштаҳани очади, овқат ҳазм қилиш тизимини яхшилайди. Ундан ташқари қориндаги оғриқларни камайтиради. Ичаклардаги фойдали микрофлораларни шаклланишини фаоллаштиради.

Batafsil →
Bibikon

Bibikon

Meteorizm va qorin dam bo‘lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og‘riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq kramplar, yuqumli bo‘lmagan dispepsiyasi bilan samarali.

Batafsil →
Simebon

Simebon

Meteorizm va qorin dam bo‘lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og‘riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog‘liq kramplar, yuqumli bo‘lmagan dispepsiyasi bilan samarali. Organizmning og‘irligi va oziq-ovqatning og‘riqli hazm qilinishi bilan kurashishga yordam beradi. Sun’iy oziqlantirishga o‘tish davrida ovqat hazm qilish tizimini moslashtirishga ko‘maklashadi.

Batafsil →
Freezol

Freezol

Кенг кўламдаги таъсирга эга меъда қуртларига қарши табиий восита. Ошқозон-ичак тракти фаолиятини яхшилайди, ичаклардаги токсинлар ва зарарли моддаларни тозалашга ёрдам беради. Сиропнинг таркибий қисмлари таъсирида паразит қуртлар фалаж ҳолатга тушади. Сироп таркибидаги экстрактлар иштаҳани очади, овқат ҳазм қилиш тизимини яхшилайди. Ундан ташқари қориндаги оғриқларни камайтиради. Ичаклардаги фойдали микрофлораларни шаклланишини фаоллаштиради. Дастарбош гуллари – яллиғланишни бартараф қилади, ошқозон-ичак тракти секрециясини рағбатлантиради ва ошқозон-ичак тракти мушакларининг фаолиятини яхшилайди. Таркибида алкалоидлар (0.04-0.5%), оқсиллар, гликозидлар, органис кислоталар (танасетик ва галлос), таннин ва аччиқ моддалар, витаминлар (аскорбин кислотаси, рутин ва каротин) мавжуд. Сано барглари – организмнинг эски ёпишқоқ масса ва токсинларидан тозалайди. Сано баргларининг таркибига биофлавоноидлар, органик кислоталар, қатронлар, фитостероллар, оддий ва мураккаб полисахаридлар, алкалоидларнинг зарралари киради. Минераллардан калий, магний ва фтор ҳам бор. Аччиқ шувоқ – қуртлар ва паразитларга қарши восита. Қуртларни, пушти қуртларни, энтеробиозларни йўқ қилади. Лямблиозлар учун ҳам ишлатилади.

Batafsil →
GlistaNet

GlistaNet

Кенг кўламдаги таъсирга эга меъда қуртларига қарши табиий восита. Ошқозон-ичак тракти фаолиятини яхшилайди, ичаклардаги токсинлар ва зарарли моддаларни тозалашга ёрдам беради. Сиропнинг таркибий қисмлари таъсирида паразит қуртлар фалаж ҳолатга тушади. Сироп таркибидаги экстрактлар иштаҳани очади, овқат ҳазм қилиш тизимини яхшилайди. Ундан ташқари қориндаги оғриқларни камайтиради. Ичаклардаги фойдали микрофлораларни шаклланишини фаоллаштиради.

Batafsil →
Netkashlin baby

Netkashlin baby

"NETKASHLIN BEBI" preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi: – traxeitda; – bronxitda; – pnevmoniyada; – bronxoektatik kasalliklarda; – o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda NETKASHLIN BEBI balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).

Batafsil →