Preparatni qo'llash bo'yicha yo’riqnoma
Preparatning savdo nomi: Bibikon
Dozalash shakli: Sirop
Chiqarish shakli. "Bibikon" siropi tabiiy ekstraktlar va kimyoviy birlashmalardan tayyorlangan tarkibga ega. Sirop 100 ml.lik flakonlarda ishlab chiqariladi. Meva ta’mlik hidga ega emulsiya.
PREPARAT TARKIBI:
Faol moddalar: efir moyi, flavanoidlar, kumarinlar, glikozidlar, organic kislotalar
Vitaminlar: (C, B1, B2, B3, (PP) va B6).
Makro va mikroelementlar: Kalsiy, temir, magniy, fosfor, kaliy, natriy, sink, mis va marganes.
Tab’iy ekstraktlar: Fenxel ekstrakti. Simetikon.
FARMOKOLOGIK TA’SIRI
Meteorizm va qorin dam bo’lganda bolalar uchun biologik faol oziq-ovqat mahsuloti sifatida tavsiya etiladi. Ichaklardagi og'riqlar, oshqozon-ichak kasalliklari bilan bog'liq kramplar, yuqumli bo'lmagan dispepsiyasi bilan samarali. Organizmning og'irligi va oziq-ovqatning og'riqli hazm qilinishi bilan kurashishga yordam beradi. Sun'iy oziqlantirishga o'tish davrida ovqat hazm qilish tizimini moslashtirishga ko'maklashadi.
Fenxel ekstrakti - ishtahani yaxshilaydi, meteorizmni, ko'ngil aynishni, hiqildoqni yo'q qiladi. Uning qimmatli hususiyati bu toksinlarni yo’qotishidir.
Simetikon - (demetikon faollashtirilgan) trimetilsiloksil guruxlari tomonidan slikon dioksid bilan stabillashgan metallangan lineer siloksan polimerlarning birikmasidir.
FOYDALANISH UCHUN KO'RSATMALAR
• Qorindagi og’riqlarda;
• Sanchiqlarda;
• Meteorizmda;
• oshqozon kasalliklarida;
• qorin bo'shlig'i ishishida.
Qo’llash usuli va miqdori
Preparat ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Oz miqdorda suyuqlik bilan aralashtirib qabul qilinishi mumkin.
Bola tug’ilganidan boshlab to 2 yoshgacha: 8 tomchidan (20mg) kuniga 4 mahal.
2 yoshdan boshlab to 6 yoshgacha: 14 tomchidan (35mg) kuniga 4 mahal.
6 yoshdan katta va kattalar uchun: 16 tomchidan (40mg) kuniga 4 mahal.
Davolash kursi: Davolashning davomiyligi 1-3 hafta. Foydalanish davomiyligi shifokor tomonidan alohida belgilanadi va kasallikning xarakteri va og'irligiga va birgalikda davolanishga bog'liq.
Nojo’ya ta'siri: Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida foydalanish: Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash bo'yicha hech qanday izlanishlar olib borilmagan. Shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko'rsatmalar: Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
Saqlash shartlari: Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dna +25°S haroratda saqlanishi lozim.
Dorixonalarni berilish tartibi: Shifokor retseptisiz beriladi.
Saqlash muddati: 2 yil.
Ishlab chiqaruvchi: "MINOR ART INDUSTRY" MChJ. O'zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Andijon shahar,Sanoat ko’cha 239 uy.